Sifatli dori vositalari ta’minoti masalasi — parlament nazoratida
Respublika aholisi va yurtimiz tibbiyot muassasalarini arzon hamda sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Qonunchilik palatasi deputatlari va Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’sullari Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori o‘rinbosari Nozim Berdiyev sohada amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, sifatsiz va qalbaki dori vositalari aylanmasini oldini olish, aholini arzon va sifatli farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Muloqot davomida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi, shuningdek, soha rivojini yanada rag‘batlantirish, milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan bildirilgan takliflar muhokama qilindi.